Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesueladagi voqealar barchaga daxldor
XX asr ikkinchi yarmidan boshlab Sobiq Ittifoq rahnamoligida tashkil etilgan bir nechta davlatlar SSSR parchalanib ketgandan keyin ham o‘z g‘oyalariga sodiq qolmoqda. Bu davlatlardan biri Kuba bo‘lib, uning yetakchisi butun umri davomida «imperialistik» hokimiyatlarga qarshi kurashish bilan o‘z siyosatini quvvatlantirdi. Bunday chigal vaziyatlarda haqiqat yuzaga chiqishi mushkul vazifa, ammo «tashqi dushman» haqida vahima yaratib, xalqni himoya qilish zarurligi diktatorlarga xos xarakter hisoblanadi.
Ammo, Venesuelada yuz berayotgan ziddiyatlar va to‘polonlarning uzoq masofadagi xalqlarga qanday ta'siri bo‘lishi mumkin? Turli til, madaniyat va e'tiqod vakillarining qarashlari ham turfa xil bo‘lishi tabiiy. Barcha islohot va yangilanishlar zamirida inson omili turar ekan, Venesuela masalasiga ham jiddiy e'tibor qaratib o‘tamiz.
Xalq aziyat chekmoqda...
Davlatlar o‘rtasida paydo bo‘layotgan ixtiloflar, iqtisodiy sanksiya va taqiqlar bevosita oddiy aholining kundalik turmush tarziga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Xalq orasida hozirdanoq «Maduro diyetasi» (Nikolas Maduro mamlakat prezidenti sanaladi) iborasi paydo bo‘lgan bo‘lib, bu kam ovqat yeyish, dori-darmon va birlamchi ehtiyojlar uchun kerakli vositalarning yetishmovchiligiga nisbatan ishlatiladi. O‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnomaga ko‘ra, respondentlarning 72 foizi so‘nggi bir yil davomida o‘z vaznini yo‘qotib borayotganini, 32,5 foizi esa to‘yib ovqatlana olmayotganini bildirgan.
Xalqaro neft va gaz savdosi muvozanatda emas
Venesuela neft va gaz zaxiralariga boy davlatlardan biri hisoblanadi. Unga nisbatan qo‘yilgan sanksiyalar nafaqat ichki imkoniyatlarga, balki jahon neft bozorida ham o‘z aksini ko‘rsatadi. AQShga mintaqadagi neft yetkazib beruvchi davlat qatorida ikkinchi o‘rinda turgan Venesuelaning daromadi asosan qora oltin hisobidan bo‘lib, bir barrel neftning narxi so‘nggi kunlarda 50.7 dollari qiymatida baholangan.
Qo‘shni mamlakatlarga boshpana izlab keluvchi muhojirlar soni ortib boradi
Mamlakat ichida siyosiy tarqoqliklarning avj olishi hali hech narsa emas, agar qurolli to‘qnashuv yoxud namoyishlar ko‘paymasa. So‘nggi olti oy davomida 21,600 nafar venesuelalik fuqarolar chet davlatlardan rasman boshpana so‘rab murojaat qilgan. Vaziyat keskinlashib borishi mintaqada ikkinchi Suriyani eslatib yuborishi mumkin.
Mavzuga oid
08:28 / 02.07.2026
Venesuelada yetti kunlik motam e’lon qilindi
15:38 / 01.07.2026
Venesueladagi zilziladan olti kun o‘tib, 3 yoshli bola vayronalar ostidan tirik qutqarildi
08:55 / 30.06.2026
Venesuelada zilzila qurbonlari soni 1700 nafardan oshdi
09:37 / 29.06.2026