Sport | 19:34 / 04.08.2017
16951
2 daqiqa o‘qiladi

Neymar: «Men «Barselona»dan pul uchun ketmadim» 

«PSJ»ning yangi futbolchisi Neymar o‘zini pul tufayli «Barselona»dan ketishda tanqid qilayotganlarga javob qaytardi.

Parij klubi uning transferi uchun «Barselona»ga 222 mln yevro to‘ladi. Futbolchining yillik maoshi miqdori 30 mln yevroni tashkil qiladi.

«Men bu kishilarga aytamanki, ular mening hayotim haqida hech narsa bilishmaydi. Meni hech qachon pullar boshqarmagan.

Men o‘zim va oilam baxtiyor bo‘lishini istayman. Men yuragimga quloq solaman, pul haqida o‘ylamayman. Agar shunday sabab bo‘lganida boshqa klublardan biriga o‘tishim ham mumkin edi.

Parijga pulni deb kelmadim. Odamlar shunday o‘ylashi juda alamli. Pul - asosiy sabab emas. 

Parijda o‘zimni qulay his qilishim mumkin. Bu yerda ko‘plab do‘stlarim bor. Lekin ular ham mening qarorim sababi emas.

Men futbolga o‘chman. «Barselona»dagi faoliyatimni yakunladim. Endi yangisini boshlayman.

«PSJ»ga menga ishonch bildirgani uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Men bu ishonchni oqlamoqchiman.

Eng qimmatbaho futbolchi nomini ko‘tarib yurish menga muammo tug‘dirmaydi. Men bundan ortiqcha og‘irlik sezmayman. Mening vaznim 69 kilogramm», - deya hazil ohangida so‘zlarini yakunlagan Neymar.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid