Yevropaliklarning faqatgina 40 foizi YeIga ijobiy munosabatda
Yevropaliklarning faqatgina 40 foizi Yevroittifoqni 28 davlatning siyosiy va iqtisodiy birlashmasi sifatida ijobiy baholaydi. Bu haqda Yevrokomissiya matbuot xizmati Yevropa jamoatchilik fikrini o‘rganish agentligi Eurobarometer tadqiqotiga asosan xabar bermoqda.
Yevrokomissiyaning ta'kidlashicha, bu ko‘rsatkich 2016 yil bilan solishtirganda oshgan. "Yevropaliklarning 40 foizi YeI haqida ijobiy fikrga ega, bu 2016 yilning kuzidan 5 foizga ko‘p", - deyiladi bayonotda.
Yevroittifoqqa nisbatan asosan Fransiya (40 foiz), Daniya (42 foiz) va Lyuksemburg (57 foiz) aholisi ko‘proq ijobiy kayfiyatga ega. Shuningdek, Yevrokomissiyaning ta'kidlashicha, yevropaliklarning 56 foizi – ayniqsa fransuzlar, daniyaliklar va portugallar – YeI kelajagiga ijobiy fikrda.
Ayni damda birlashma rahbariyati YeIning 42 foiz aholisida ishonch uyg‘otadi, 2015 va 2016 yillarda bu ko‘rsatkich mos ravishda - 32 hamda 36 foizni tashkil qilgan. Yevropaliklarning 68 foizi esa o‘zini YeI fuqarolari, deb qabul qiladi.
Mavzuga oid
18:21 / 18.10.2024
Mikroblar antiseptiklar bilan oziqlanishni o‘rganib oldi - tadqiqot
11:00 / 16.10.2024
Yevroittifoq migratsiyani tartibga soluvchi yangi qonun tayyorlamoqda
10:40 / 16.10.2024
Shols YeIdan Ukrainaga yordamni oshirishni so‘raydi
16:48 / 12.10.2024