Italiyalik ayol tennischining barcha unvonlari o‘g‘irlab ketildi
Juftlikda "Katta dubulg‘a" seriyasiga kiruvchi barcha musobaqalarni yuta olgan italiyalik ayol tennischi Roberta Vinchi noma'lum kimsalar uning uyidan u faoliyatida qo‘lga kiritgan barcha unvonlarni o‘g‘irlab ketishganini ma'lum qildi.
"Bir necha kun avval mening Tarantodagi uyim tunab ketilgan. O‘g‘rilar nafaqat turli qimmatbaho narsalarni, balki men uchun qadrli bo‘lgan – men qo‘lga kiritgan unvonlarni ham o‘g‘irlab ketishgan. Bu unvonlar shunchaki ramzlar bo‘lsa ham, ular menga har kuni nima uchun mashq qilayotganimni, kortga chiqayotganimni eslatib turardilar.
Bu nomardlarcha va ahmoqona ishdir. Men xotiralarim, ko‘z yoshlarim, peshona terlarim, toliqishlarim, tabassumlarim, ishimga sodiqligim va men borgan qurbonlar mujassamlangan bu unvonlarimga endi kim egalik qilayotganini bilishni istardim", deb yozgan tennischi Instagram’da.
34 yoshli Vinchi yakka tartibda WTA’ning 10 ta unvonini va juftlikda 25 ta unvonini qo‘lga kiritgan. Sportchi hozirda dunyo reytingining 37-pog‘onasini egallamoqda.
Mavzuga oid
21:27 / 25.09.2024
Toshkentdan olib qochilgan mashina Qamchiq dovonida ushlandi
17:15 / 25.07.2024
Chorsudagi tilla do‘konida ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan o‘g‘irlik sodir etildi
14:51 / 08.07.2024
6 oyda 550 mlrd so‘mlik tabiiy gaz va elektr energiyasi o‘g‘irlandi - Energoinspeksiya
09:32 / 04.07.2024