Jahon | 10:56 / 05.08.2017
6472
1 daqiqa o‘qiladi

Meksika AQShdan kartoshka importini taqiqladi

Meksika federal sudi AQShdan kartoshka importini taqiqlash haqida qaror chiqardi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, kartoshka mahsuloti yetishtiruvchilar guruhi amerika kartoshkasi importiga konstitutsiyaviy taqiqqa erishmoqchi bo‘lgan. Ularning iddao etishicha, aynan ushbu davlatdan import qilinuvchi kartoshka tufayli qishloq xo‘jaligi ekinlari orasida kasallik tarqayotgan ekan.

Sud qaroriga ko‘ra, taqiq «meksikaliklarning oziq-ovqat suvereniteti va maydonlarni saqlab qolish bo‘yicha kollektiv huquqi»ni asrab qolishga yo‘naltirilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid