Sport | 20:32 / 05.08.2017
7395
2 daqiqa o‘qiladi

Oliy liga. «Obod» yana mag‘lubiyatga uchradi

Oliy liganing ikkinchi davrasini boshlab bergan uchrashuvda Toshkentning «Obod» klubi Namanganning «Navbahor» klubini qabul qildi.

Uchrashuvning birinchi va ikkinchi bo‘lim so‘nggi daqiqalarida A'zam Aliyev va Abbosbek Maxstaliyev tomonidan kiritilgan gollar mehmonlarga g‘alaba keltirdi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Navbahor» hisobidagi ochkolar soni 22taga yetkazdi va 5 o‘rin yuqorilab 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Obod» esa 9 ochko bilan 16-o‘rinda qolmoqda

Oliy Liga, 16-tur

«Obod» – «Navbahor» 0:2 (0:1) 

Gollar: A'zam Aliyev (44), Abbosbek Maxstaliyev (90).

«Obod»: Shohruh Eshbo‘tayev, Sanjar To‘raqulov (Doston Abdurahmonov, 69), Timur Vasilev, Abdurasul Komilov (Muhammad Komilov, 85), Bosit Rahimov, Rustam A'zamov, Burhon Usmonov (Pavel Solomin, 59), Timur Tolipov, Elbek Ravshanov, Ibrohim Abdullayev, Obid Hakimov.
«Navbahor»: Asilbek Omonov, G‘iyos Komilov, Oybek Qilichev (Ilhom Boydedayev, 90+1), Dilshod Jabborov, Mirzohid G‘ofurov, A'zam Aliyev, Sardor Azimov (Abbos Maxstaliyev, 61), Jahongir Mehmonov, Darko Stanoyevich, Azizbek Turg‘unboyev (Doniyor Usmonov, 83), Nemanya Yovanovich.
Ogohlantirishlar: Rustam A'zamov (39) — Nemanya Yovanovich (23), Jahongir Mehmonov (26).

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid