Jahon | 22:05 / 05.08.2017
5617
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyadagi qochqinlardan bir qismi YeIdan 34 dollardan olib turadi

Foto:aa.com.tr

Yevropa Ittifoqining Turkiyadagi qochqinlarni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida "Qizil yarimoy jamiyati kartochkalari"ni yaqin oylarda milliongacha kishi oladi, deb ma'lum qildi Yevropa komissiyasining gumanitar yordam va fuqarolik himoyasi masalalari bo‘yicha turk byurosi rahbari Jyeyn Lyuis.

Uning aytishicha, kartochkalarni Turkiya bilan qo‘shni davlatlarning qochqinlar lagerlaridan tashqarida yashaydigan fuqarolarigina olishlari mumkin.

"Bugungi kungacha bunday kartochkalarni 850 ming qochqin oldi. Har oy kartochkalarga kishi boshiga 120 turk lirasi (34 dollar) o‘tkaziladi", deb aytdi Lyuis va YeI davlatlari gumanitar dasturning 1-bosqichiga 348 mln yevro o‘tkazishganini eslatib o‘tdi.

Uning aytishicha, dasturning 1-bosqichini amalga oshirish bir yildan beri davom etmoqda, uning 2-bosqichi 2018 yil oxirida boshlanadi.

Lyuisning aytishicha, YeI dastur doirasida 1,3-1,4 mln qochqinni qamrab olmoqchi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid