Jamiyat | 10:54 / 06.08.2017
7026
8 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda seminarlar: Mehnatkashlar kasaba uyushmalari himoyasida

Xalqaro mehnat tashkiloti va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida imzolangan “O‘zbekiston Respublikasida munosib mehnat dasturi”ga binoan joriy yilning 7-19 avgust kunlarida Sirdaryo viloyatining barcha tuman, shaharlarida davlat organlari, Nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari va fermerlar ishtirokida seminarlar o‘tkazilishi belgilangan.

Ushbu seminarlarda Xalqaro mehnat tashkilotining eksperti Svetlana Yegorova ishtirok etishi kutilmoqda. Seminarlarning o‘tkazilishidan asosiy maqsad, davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari va fermerlarga Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan qabul qilingan va O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalari, xususan, “Zo‘rlab ishlatish va majburiy mehnat to‘g‘risida”gi 29-sonli, “Majburiy mehnatni tugatish to‘g‘risida”gi 105-sonli va “Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risida”gi 182-sonli konvensiyalarning mazmun va maqsadi tushuntirishdan iborat.

"Aytish kerakki, xuddi shunday seminarlar, Kasaba uyushmalari Federatsiyasining XMT bilan hamkorligi o‘tgan yillarda ham yuqori saviyada tashkil etilgan, ularning samarasi o‘laroq, mamlakatimizda, shu jumladan, viloyatimizda maktab o‘quvchilarini ommaviy yagana, chekanka va paxta terimiga jalb etilishi to‘xtatildi. Biz bu borada targ‘ibot ishlarini bu yil ham izchil olib boramiz, - deydi Sirdaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi Kamoliddin Oqbo‘tayev.

Kasaba uyushmalari nafaqat a'zolarining ijtimoiy haq-huquqlarini muhofaza etib kelmoqda, balki ular orasida huquqiy savodxonlikni oshirish borasida keng ko‘lamli targ‘ibot ishlari o‘tkazmoqda. Bu borada kasaba uyushmalari huquq-tartibot organlari, shu bilan birga qator nodavlat notijorat tashkilotlari va OAV bilan mustahkam aloqani yo‘lga qo‘ygan. Shu o‘rinda, aytish kerakki, fuqarolar bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish uchun Internet tarmog‘ida respublika va hududiy kasaba uyushmalari veb-saytlari ishlab turibdi, xuddi shu yerda onlayn tarzda virtual qabulxona tashkil etilib, kasaba uyushma rahbariyatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilish mumkin. Har bir viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi qoshidagi yuridik maslahatxona va “Ishonch” telefonlari orqali Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini hal etilishi faoliyati monitoringi olib borilmoqda. Jumladan, 2017 yilning 1 yarim yilligida birlashma bo‘limlariga jami bo‘lib 87 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shulardan 7tasi yozma, 53 tasi og‘zaki, 21tasi “Ishonch” telefonlariga hamda 6 ta elektron shaklda murojaatlar qabul qilingan. Yozma murojaatlarning mazmuniga ko‘ra ishga tiklash masalasida 1 ta,  ish haqi, mukofot to‘lovlari, ish va dam olish vaqti, jamoa shartnomasining boshqa shartlari yuzasidan 3 ta, moddiy yordam va sihatgoxlarga yo‘llanmalar so‘rab 1ta, mehnat shartnomalarini bekor qilinishi, o‘zgartirilishi, intizomiy jazo qo‘llash tartibiga oid  1ta, ijtimoiy mehnat munosabatlariga oid boshqa masalalar esa bittani tashkil etadi. Ushbu murojaatlarning 3tasi qanoatlantirilgan, 3 tasiga tushuntirishlar berilgan, bittasi tegishliligi bo‘yicha. boshqa organlarga yuborilgan.

Bundan tashqari 2017 yilning birinchi yarim yilligida birlashmaning tegishli bo‘limlarida 53 ta og‘zaki murojaatlar qayd etilgan bo‘lib, ularning hammasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi talablari, kasaba uyushmalariga oid, fuqarolarning pensiya ta'minoti, O‘zbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan ta'minlash to‘g‘risida”gi qonunlariga oid maslahatlar so‘rab murojaatlar bo‘lgan va ularga qonunlar doirasida maslahatlar berilgan. 

Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasidagi yuridik maslahatxona va “Ishonch” telefonlari orqali Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari 2017 yilning  1 yarim yilligida jami bo‘lib  21  tani tashkil etadi.

Ishonch telefoni orqali kelib tushgan murojaatlarning 6  tasi Mehnat muhofazasiga oid,   6 tasi huquqiy himoya masalasida,  7  tasi ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarni himoya qilish masalasida, 1 tasi kasaba uyushmasi tashkiliy-huquqiy faoliyati masalasida va 1 tasi sog‘lomlashtirish masalasida bo‘lib, ularning barchasi tegishli javoblarini olgan. Elektron shakldagi murojaatlar 6 tani tashkil etadi va ulardan 4 tasiga tushuntirish berilgan,  2 tasi qanoatlantirildi.

Bundan tashqari 2017 yilning 1 yarim yilligida fuqarolarning huquqiy savodxonligi va madaniyatini  oshirish maqsadida korxona, tashkilot va muassasalarda, jumladan, “OqoltinDon” AJ, “XovosDon”AJ, “Sirdaryo IES” OAJ, “Qishloqxo‘jalikkimyo” hamda “Gulistonekstraktyog‘” AJ va boshqalarda  28 marotaba, o‘n ming nafarga yaqin xodimlar ishtirokida davra suhbatlari va seminarlar o‘tkazildi. Ushbu tadbirlarda asosan O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi, “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunlari, XMTning O‘zbekiston Respublikasida ratifikatsiya qilingan Konventsiyalari, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va mehnatni muhofaza qilish qonunlari  to‘g‘risida ma'ruzalar qilindi va savol-javoblar o‘tkazildi.

Shuni alohida ta'kidlash lozimki, kasaba uyushmalari yuridik maslahatxonasiga kasaba uyushmasiga a'zo bo‘lmagan, uyushmagan aholidan ham ko‘plab murojaatlar bo‘lyapti va ularga ham huquqiy ko‘mak ko‘rsatilmoqda.

Shu bilan birga kasaba uyushmalari tomonidan majburiy mehnat borasida   Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan 14 ta konvensiyasining mazmun va mohiyatini korxona, tashkilot va muassasalarda ishlovchi xodimlarga hamda kasb-hunar kollejlari o‘quvchilariga yetkazish borasida bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Ushbu uchrashuvlarda ishchi-xodimlarga majburiy mehnatga jalb qilinganda murojaat etishi lozim bo‘lgan telefon raqamlari yozilgan bukletlar tarqatilmoqda. Bu borada boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari raislarining malakalarini oshirish juda muhim. Shu munosabat bilan joriy yilning yanvar oyidan boshlab birlashma tomonidan boshlang‘ich kasaba uyushmalari raislarining malakasini oshirish maqsadida o‘quv auditoriyasi tashkil etilib, har oyda ikki marotabadan 3 kunlik o‘quv-seminarlari o‘tkazilib kelinmoqda. Shu kungacha viloyatning barcha tuman va shaharlarida shakllantirilgan 16 ta o‘quv guruhlarida  mavzuli seminarlar o‘tkazilib, unda 400 nafardan ortiq boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari raislarining malakasi oshirildi.

Seminarlarda viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasining mutaxassislari o‘z leksiyalari bilan ishtirok etib tinglovchilarga mehnat munosabatlari, milliy va xalqaro mehnat standartlari, xususan, XMTning majburiy, zo‘raki mehnat va bolalar mehnatining ta'qiqlangan og‘ir shakllariga doir bo‘lgan 29-, 105-, 138-, 182-sonli konvensiyalari mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.

Mavzuga oid