Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
5 avgust kuni Toshkentda 10 ta YTH yuz berdi
2017 yilning 5 avgust kuni Toshkent shahri hududida 10 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisalarida 11 nafar shaxs tan jarohati olgan, vafot etganlar yo‘q. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
2017 yilning 5 avgust kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 2300 ta huquqbuzarlik bo‘yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan, 635 tasini qo‘pol turdagi, 24 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan.
Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017 yil 5 avgust kuni jami 673 ta huquqbuzarlik qayd etilgan bo‘lib, shulardan 406 tasini svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 267 tasini belgilangan me'yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi.
Mavzuga oid
23:05
Toshkentda 460 ta bekat tadbirkorlarga ijaraga berildi – hokimiyat
09:08
Lahor–Toshkent yo‘nalishidagi ilk yuk reysi 17 tonna go‘sht olib keldi
22:31 / 13.03.2026
Toshkentdagi tirbandlik sabab avtobuslar intervali 45 daqiqagacha uzaymoqda – Transport bosh boshqarmasi
22:21 / 12.03.2026