Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘ygan muxolifat yetakchilari birlashmoqda
Qirg‘izistonda prezidentlik poygasida ishtirok etayotgan muxolifat partiyalarining to‘rt yetakchisi birlashish va saylovlarda yagona kuch bilan ishtirok etish niyatida ekanliklarini ma'lum qilishdi. Bu haqda RIA «Novosti» parlamentdagi «O‘nug‘u-Taraqqiyot» partiyasi kotibiyati tomonidan tarqatilgan kelishuvga asosan xabar bermoqda.
«Biz, siyosiy partiyalar rahbarlari, o‘z mas'uliyatimizni his etib va mamlakatdagi hozirgi siyosiy vaziyatni e'tiborga olib, rejalashtirilgan prezidentlik saylovlaridan avval xalq birligi, siyosiy barqarorlikni saqlab qolish va halol saylovlarni o‘tkazish bo‘yicha o‘z sa'y-harakatlarimizni birlashtirish kerak, deb hisoblaymiz», - deyiladi «Butun Qirg‘iziston» partiyasi yetakchisi Adaxon Madumarov, «O‘nug‘u-Taraqqiyot» rahbari Bakit To‘robayev, shuningdek, «Ota-Yurt Mekenchil» partiyalari hamraislari Ahmadbek Keldibekov va Qamchibek Tashiyev tomonidan imzolangan bayonotda.
Qirg‘izistonda prezidentlik saylovlari 15 oktabrga mo‘ljallangan bo‘lib, unda ishtirok etish uchun 59 nomzod ariza topshirdi.
Mavzuga oid
18:42 / 08.05.2026
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston sug‘orish suvini yetkazish jadvalini kelishib oldi
07:40 / 07.05.2026
Qirg‘iz-tojik-o‘zbek chegarasidagi «Do‘stlik» xalqaro savdo-iqtisodiy parki konsepsiyasi taqdim etildi
22:02 / 02.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Qambarota GES-1” qurilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
18:24 / 29.04.2026