Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIVda Serbiya prezidentining maxsus vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2017 yilning 7 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Serbiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Siyosiy direktori, Prezidentning Maxsus vakili Zoran Vuyich bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida ikki tomonlama munosabatlarga doir masalar muhokama qilindi. Asosiy e'tibor siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlariga qaratildi.
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Serbiya hamkorligining shartnomaviy-huquqiy bazasini shaklantirishdagi qo‘shma ishlar borishi batafsil ko‘rib chiqildi.
Serbiya tomoni 2017-yilning avgust va noyabr oylarida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Jahon tamadduni tarihida Markaziy Osiyo Renesansi” va “Markaziy Osiyo: umumiy o‘tmish va mushtarak kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lida hamkorlik” xalqaro konferensiyalariga taklif qilindi.
Mavzuga oid
08:35 / 06.06.2026
Serbiyada og‘ir vaziyatda qolgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
15:00 / 03.06.2026
Belgraddagi global konferensiyada O‘zbekistonning gender tenglik borasidagi tajribasi taqdim etildi
22:15 / 18.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Serbiya prezidenti bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
08:58 / 13.05.2026