«Tolibon» jangarilari texniklarni o‘g‘irlab ketib, «qasos» oldi
Yakshanba kuni janubiy afg‘on viloyatlaridan biri Hilmand viloyatida «Tolibon» harakati a'zolari «DABS» davlat energetik kompaniyasining sakkiz nafar ishchisini o‘g‘rilab ketishgan. Bu voqea Sangin uyezdidagi tumanlarning birida yuz berdi.
Bu vaqtda texnik xizmatchilar guruhi mahalliy hududdagi elektromontaj ishlarini olib borayotgan bo‘lgan. Mahalliy huquqni muhofaza etish organlarining hisobotida yozilishicha, kompaniya tomonidan toliblar nazorat qilib turgan viloyatlardagi elektroenergiya uzib qo‘yilgani uchun javob reaksiyasi amalga oshirilgan.
Ayni paytda harakat a'zolari bilan muzokaralar boshlangan bo‘lib, jangarilar elektr energiyasini qaytadan ulashni talab qilmoqda.
Mavzuga oid
20:59 / 14.10.2024
«Tolibon» OAVda tirik mavjudotlar tasvirini taqiqlashga va’da berdi
19:30 / 14.10.2024
«Tolibon» O‘zbekistondan «Termiz» chegara bozorida musiqa qo‘ymaslikni so‘radi – OAV
20:51 / 04.10.2024
Rossiya «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha ishlarni yakunlamoqda - FXX rahbari
22:50 / 26.09.2024