Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda zamonaviy ochiq suv havzasi foydalanishga topshirildi

Andijon olimpiya zaxiralari kollejida zamonaviy suv havzasi ishga tushdi. Mazkur inshootda suvda suzish sport bilan shug‘ullanuvchilar hamda turli musobaqalar o‘tkazish uchun barcha sharoitlar mavjud.
Ochiq suv havzasining o‘lchami 50x25 bo‘lib, jahon standarti talablariga mosdir. Sport maskanida hozirda 120 nafardan ziyod o‘quvchilar hamda suzishga qiziqqan havaskorlar shug‘ullanmoqda.
Inshootning ishga tushishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat jismoniy tarbiya va sport ishlari boshqarmasi boshlig‘i Ozodbek Saidov so‘z olib, yosh sportchilarni arenaning ochilishi bilan tabriklab, ularga muvaffaqiyatlar tiladi.

Shundan so‘ng olimpiya zaxiralari kolleji tarbiyalanuvchilari va suzish sport turi bilan shug‘ullanayotgan o‘quvchilar ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etdi.
Suzish sporti bo‘yicha Andijon maktabi respublikada yetakchi o‘rinlarda turadi. O‘tgan 2016 yili Braziliyada o‘tkazilgan paraolimpiya musobaqalarida viloyatda kamol topgan Firdavs Musabekov, Muzaffar Tursunxo‘jayev, Muslima Odilova singari yosh sportchilar oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritgan.



Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
11:00 / 22.06.2026
Andijonda yog‘och omborida yong‘in sodir bo‘ldi
08:51 / 20.06.2026
Andijonda 2,5 kilogrammga yaqin gashish musodara qilindi
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026