Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Venesuelani namoyishchilarga nisbatan haddan ortiq qattiqqo‘llikda aybladi
BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Zayd Raad al Husayn Venesuela hukumatini namoyishchilarga qarshi kuch ishlatish usullarini qo‘llashda haddan oshishda aybladi. Bundan tashqari rasmiy Karakas fuqarolarnii qo‘lga olish va ularning huquqlarini poymol qilishda faollik namoyish qilmoqda. Bu haqda komissarlikning 8 avgustidagi bayonotida so‘z yuritilgan, deb yozmoqda TASS agentligi.
"Aprel oyida namoyishlar to‘lqini boshlangach, namoyishchilarga qarshi kuch ishlatish usullari haddan ortiq qo‘llanilayotgani ko‘rina boshladi, - degan oliy komissar. – Minglab odamlar noqonuniy ushlandi, ko‘plari bilan yomon muomaladabo‘lishdi va hatto ularni qiynashdi, bir necha yuz nafarini fuqarolik sudida emas, harbiy sudda mahkamaga tortishdi".
Tashkilotning qayd etishicha, yuqorida keltirilgan raqamlar rasmiy emas, chunki hukumat bu borada raqamlarni taqdim etmagan. BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasining maxsus monitoring guruhi namoyishlar chog‘ida jabrlangan 135 kishi, jamoat arboblari, jurnalistlar, advokatlar, shifokorlar va prokuratura xodimlari bilan suhbatlar, shuningdek, ombudsman idorasidagi ma'lumotlar asosida mazkur hisobotni tuzgan.
BMT IHOKB ma'lumotlariga ko‘ra, namoyishlar davomida shu kunga qadar 124 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Bunda monitoring guruhi 46 holatdagi o‘limda politsiyani aybdor hisoblashga yaqin turibdi. Yana 27 ta holatda Venesuela Yagona sotsialistik partiyasi yetakchilarining siyosiy nazoratidagi qurollangan guruhlar aybdor bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, namoyishlarni bostirish chog‘ida 8 nafar politsiyachi ham qurbon bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:28 / 02.07.2026
Venesuelada yetti kunlik motam e’lon qilindi
15:38 / 01.07.2026
Venesueladagi zilziladan olti kun o‘tib, 3 yoshli bola vayronalar ostidan tirik qutqarildi
08:55 / 30.06.2026
Venesuelada zilzila qurbonlari soni 1700 nafardan oshdi
09:37 / 29.06.2026