Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda yana bir ko‘chki yuz berdi, qurbonlar ko‘p
Xitoyning Sichuan viloyatidagi qishloqlardan birida ko‘chki yuz berishi oqibatida 23 kishi halok bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Associated Press.
Ta'kidlanishicha, yana ikki kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda, besh inson jabrlangan.
Xabarda aytilishicha, 71 ta uy vayron bo‘lgan, shuningdek, yo‘lning besh kilometrlik qismi zarar ko‘rgan. Hukumat ko‘chki oqibatlarini bartaraf etish uchun taxminan 23,9 mln dollarni sarflashi kerak bo‘ladi.
Iyun oyi oxirida Xitoyning Sichuan viloyati Desi shahri yaqinidagi Sinmo qishlog‘ida ro‘y bergan ko‘chki oqibatida kamida besh kishi halok bo‘lib, 120 inson bedarak yo‘qolgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026