Sport | 01:10 / 08.08.2017
17198
1 daqiqa o‘qiladi

«Real» Ronalduni uning vaznicha keladigan oltinga ham sotmaydi

Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduni sotish niyati yo‘qligini ma'lum qildi.

«Krishtianu Ronalduni sotish deysizmi? Hech qachon. Hattoki Ronalduning vaznichalik keladigan oltin taklif qilishsa ham, uni sotmayman. Faqat buyuk futbolchilargina bitta jamoaga sodiq bo‘lishadi», – deya Peresning so‘zlarini keltiradi Gazzetta dello Sport nashri.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi vaqtlarda portugaliyalik futbolchining Madrid klubidan ketishi haqida turli xabarlar tarqalgandi. Ammo Peres o‘zining bayonoti orqali bu xabarlarni inkor etib chiqdi.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid