Jahon | 09:10 / 09.08.2017
11584
1 daqiqa o‘qiladi

Amerikaliklarning necha foizi KXDRni jiddiy tahdid sifatida qabul qilishi ma'lum 

Amerikaliklarning qariyb uchdan ikki qismi (62 foiz) Shimoliy Koreya AQShga jiddiy xavf tug‘diradi, deb hisoblaydi. Bundan SSRS tomonidan CNN uchun o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari darak bermoqda.

Ta'kidlanishicha, martda so‘rovdan ishtirok etganlarning 48 foizi shunday fikrni bildirgan.

Shuningdek, respondentlarning 77 foizining hisoblashicha, KXDR Qo‘shma Shtatlarga zarar yetkazishga qodir bo‘lgan raketani uchirishi mumkin.

Avvalroq Shimoliy Koreya AQShning Guamdagi bazasiga zarba berish rejasini tuzayotgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid