Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Manchester Yunayted»ning «Real»dan mag‘lubiyati sababi. Mourino talqini
«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino Yevropa Superkubogi uchun «Real»ga qarshi kechgan va 1:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan o‘yindan keyin Janluki Rokki boshchiligidagi hakamlar brigadasi ishiga norozilik bildirdi. U hakamlar madridliklarning birinchi goli ofsayddan urilgan bo‘lsada hisobga olinganiga e'tibor qaratgan.
«Biz 1:2 hisobida yutqazdik, kichik hisobda. Gollarning biri esa ofsayd holatida urilgandi. Agar videotakror tizimi bo‘lganida o‘yinda hisob teng bo‘lardi - 1:1.
Bu holda o‘yinda qo‘shimcha bo‘limlar bo‘lardi.
Ular birinchi bo‘lim o‘rtalarigacha o‘yinda ustunlik ko‘rsatishdi. Ikkinchi bo‘limda esa biz yaxshiroq o‘ynadik.
Biz fantastik futbolchilarga egamiz. Maqsadga deyarli yetayotgandik. Ammo Krishtianu Ronaldu maydonga vaqtni o‘ldirish uchun chiqib keldi. Hakamlar esa unga hurmat bajo keltirib, u qachon istasa jarima zarbasi belgilab beraverdi», – deya Mourinoning so‘zlarini keltirgan BBC.

Mavzuga oid
20:19 / 06.05.2026
Mbappe – mojaro markazida. U klasikoga tayyorlanish o‘rniga ta’tilga ketdi va jamoadoshlarini g‘azablantirdi
21:10 / 05.05.2026
«Real» muxlislari Mbappening ketishi uchun deyarli 1,5 mln imzo to‘pladi
13:31 / 04.05.2026
«Inter» – chempion, «Real» «Barsa»ga toj kiydirishni kechiktirdi. Kun o‘yinlari
12:33 / 26.04.2026