Jahon | 11:27 / 09.08.2017
14340
2 daqiqa o‘qiladi

«Shpayxer qatliomi»ga aloqador 27 kishi o‘lim jazosiga mahkum etildi

Iroq Oliy jinoyat sudi qaroriga ko‘ra, 27 kishi 2014 yili IShID jangarilari tomonidan amalga oshirilgan «Shpayxer qatliomi»ga aloqadorlikda ayblanib, o‘lim jazosiga mahkum etildi. Seshanba kuni e'lon qilingan qaror matni bilan jurnalistlarni tanishtirgan mamlakat Oliy jinoyat sudi vakili Abdul Sattor Biroqdor «27 nafar jinoyatchi o‘shanda 1,700 kishi qatl etilgani uchun jazolanishi kerak», deb fikr bildirgan.

Qaror Oliy jinoyat sudi tomonidan qabul qilinganiga qaramay, ayblanuvchilar apellyatsiya qilishi va o‘z himoyasi uchun dalillarni keltirishi mumkin. Ushbu kishilarning jazolanishi «Shpayxer qatliomi»ga aloqador shaxslarning o‘limga mahkum etilishiga oid ikkinchi yirik qaror hisoblanadi. 2016 yili Iroq hukumati 36 nafar jinoyatchini dorga osish orqali o‘lim jazosiga mahkum etgan edi.

Shpayxer, Tigrit shahri yaqinidagi AQShning sobiq harbiy bazasi, IShID jangarilari tomonidan nazoratga olingach, qo‘lga olingan shia e'tiqodidagi kishilarning qatliomiga guvoh bo‘lgan. Hozirgacha jangarilar tomonidan o‘ldirilgan kishilarning 1,700 nafarga yaqini kafanlanib, qaytadan ko‘mildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid