Jahon | 21:14 / 09.08.2017
5290
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyadagi kurortlarda Koksaki virusi epidemiyasi yo‘qligi aytildi

Foto:SS0 Public Domain

Turkiya sog‘liqni saqlash vazirligi OAVning Turkiya kurortlarida Koksaki virusi tarqagani haqidagi xabarini rad etdi.

Vazirlikda ta'kidlanishicha, vazirlik vakillari Antaliyada tergov o‘tkazib, 7 nafar ukrainalik sayyohda teri toshmasi qayd qilinganini aniqlashgan. 
 
"Vazirligimizning fikricha, bunday holatlar istalgan davlatda yuz berishi mumkin. Tergov natijalariga ko‘ra aytish mumkinki, epidemiya haqida hech qanday gap bo‘lishi mumkin emas", deb aytilgan vazirlikda va sayyohlar mamlakatda bemaylixotir dam olishlari mumkinligi ta'kidlangan.
 
Avvalroq OAVda o‘nlab dam oluvchilar virus sababli ta'tillarini zudlik bilan yakunlashga majbur bo‘lganlari ma'lum qilingandi. Turkiya hukumati sayyohlar orasida Koksaki virusi tarqagani haqidagi xabarni inkor etgan.
 
Odatda, Koksaki virusi havo-tomchi yo‘li bilan tarqaladi. U bilan ko‘proq bolalar kasallanadilar. Virus alomatlari bo‘yicha suvchechakka o‘xshaydi va shu sababli u ko‘pincha "turk suvchechagi" deb ham ataladi. Kasallikda tana va tomoqda toshma paydo bo‘ladi, tana harorati keskin ko‘tariladi. Qoidaga ko‘ra, kasallik 8-10 kundan keyin o‘zi o‘tib ketadi, biroq og‘ir asoratlar rivojlanishi holatlari ham bo‘ladi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid