Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jinoyatchi o‘g‘rilik sodir etayotgan joyida qo‘lga olindi
2017 yilning 4 avgust kuni taxminan soat 19:30 larda Islombek Maqsudxo‘jayev o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida Chilonzor tumanida joylashgan avtoturargohda bo‘la turib, shu yerda fuqaro Bekzod Ikromovga (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) tegishli “Lasetti” rusumli avtomashina eshigini otvyortka yordamida ochib, undan o‘g‘irlik sodir etmoqchi bo‘lgan vaqtida ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan ushlangan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan, Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 25,169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlikka suiqasd qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Mavzuga oid
12:05 / 07.01.2026
Humans ilovasi orqali 2 mingdan ortiq shaxsning pullari o‘g‘irlangan – manba
14:39 / 06.01.2026
Germaniya tarixidagi eng yirik bank o‘g‘riligi: birinchi muhim dalil topildi
11:55 / 03.01.2026
Bild: Gelzenkirxendagi bankdan 100 mln yevrodan ortiq pul o‘marilgan
13:44 / 02.01.2026