Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: FQB Tramp saylovoldi shtabining sobiq rahbari uyida tintuv o‘tkazdi
Federal qidiruvlar byurosi agentlari AQSh prezidenti Donald Trampning saylovoldi shtabining sobiq rahbari Pol Manafort uyida tintuv o‘tkazdilar. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, tergov tadbirlari 2016 yilgi AQShdagi saylovlarga "Rossiyaning aralashuvi" ishi doirasida olib borilgan.
The Washington Post nashrining ma'lum qilishicha, tintuv Manafortning Aleksandriyadagi uyida 8 avgust kechki vaqt boshlangan. FQB xodimlari uning Rossiya bilan taxminiy aloqalariga ishora qiluvchi hujjatlarni izlashgan.
Tintuv Manafort AQSh kongressida ko‘ngilli tarzda ko‘rsatmalar bergandan keyinoq bo‘lib o‘tgan.
"Agar FQB hujjatlarni qo‘lga kiritishni istaganda, bu haqda Manafortdan so‘rasa bo‘lardi, u bu hujjatlarni taqdim qilardi", deb aytgan Oq uydagi manba.
Jurnalistlarning fikricha, tintuv tergov Manafortning ko‘rsatmalariga ishonmayotganidan darak beradi. Ta'kidlanishicha, FQB agentlari uning uyini "turli hujjatlarni" olgancha tark etganlar.
Mavzuga oid
15:30 / 11.11.2025
Ukrainada Zelenskiyning safdoshi Timur Mindich uyida tintuv o‘tkazildi
22:41 / 22.08.2025
FQB agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazdi
09:34 / 09.08.2025
Moldovada saylovlardagi korrupsiya ishi bo‘yicha tintuvlar o‘tkazilmoqda
18:14 / 11.12.2024