Reuters agentligiga köra, tintuv 2025 yil yanvarda boşlangan tergov doirasida ötkazilgan. Tergov fransuz parlamentariysining şikoyati asosida oçilgan. Gap, ehtimol, Milliy assambleya deputati, “Qayta tiklaniş” partiyasi vakili Erik Botorel haqida ketmoqda. U X algoritmlarini “bir yoqlama” deb atab, platforma Mask tomonidan sotib olinganidan söng boşqaruvga “oçiq aralaşuvlar” bölganini aytgan. Şuningdek, X tarmoğida “xavfsiz va hurmatga asoslangan muhitni ta’minlaş tobora qiyinlaşayotgani”ni ta’kidlagan.

Yana bir şikoyat Fransiya davlat tuzilmalaridan birining kiberxavfsizlik böyiça direktori tomonidan berilgan. U platforma algoritmida “jiddiy özgarişlar” yuz berganini, bu esa “siyosiy duşmanlik, irqiy mazmundagi kontent”ning köpayişiga olib kelganini bildirgan.

2025 yil iyul oyida X kompaniyasi bu ayblovlarni siyosiy sabablarga boğliq deb atagan edi.

Tintuvdan söng Ilon Mask va X’ning sobiq boş direktori Linda Yakkarino 20 aprel kuni Parij prokuraturasiga eşituvga çaqirilgani ma’lum böldi.

Tergov, şuningdek, Maskka tegişli xAI kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan Grok çat-boti yuzasidan ham kengaytirilmoqda. U real insonlar fotosuratlari asosida jinsiy mazmundagi tasvirlar yaratişi mumkinligi haqida şikoyatlar tuşgan. Endi tergov doirasida, jumladan, bolalar pornografiyasini tarqatişga kömaklaşiş va jinsiy xarakterdagi dipfeyk orqali tasvir huquqini buziş gumonlari ham körib çiqilmoqda.

Xabar çop etilgan paytga qadar X kompaniyasi Parijdagi ofisida ötkazilgan tintuvga rasman izoh bermagan.