Sanjar Karimov ustidan borayotgan sud majlisida uning uyida ötkazilgan tintuvda qatnaşgan IIB tezkor xodimlari körsatma berdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar qildi.

Ma’lum bölişiça, IIB tezkor xodimlaridan biri tintuv paytida Sanjar Karimovga tegişli buyumni heç kimga bildirmagan holda xonadondan olib çiqib ketgan. Söngra uşbu buyumni maşinasiga qöygan. Narkologiyaga olib boriş uçun uşbu maşinaga çiqarilgan Sanjar Karimov öziga tegişli buyumni tanib qolgan.

IIB tezkor xodimi buni sud majlisida tan oldi. U buyumni “qölida öynab ötirib, olib çiqib ketib qolgani”ni aytdi.

“Narkologiyaga borayotganimizda maşinangizda özimning firmamga tegişli bölgan brendli narsani körib qolganimga qanday izoh berasiz?” – deb söradi Sanjar Karimov sudda söroq qilingan jinoyat qidiruv bölimi xodimidan.

“Ha, esimdan çiqibdi, töğri. Breloksimon narsa bor ekan. Haqiqatan, qölim bilan öynab, olib çiqib ketibman. Narkologiya bölimiga birga bordim. Agar rozi bölsangiz, menda qoladi, desam “men roziman”, deb aytdilar”, – deya izoh berdi tezkor xodim.

Sanjar Karimov tintuv paytida qimmat soatlari bölganini aytib, hozirda ularning hammasi joyida ekaniga şubha bildirdi.

“Siz kafolat bera olasizmi hamma qimmatbaho narsalar öşa yerda borligiga, heç kim tegmaganiga?” deb söradi u tezkor xodimdan.

IIB xodimi faqat özi olgan narsani aytişini, u yerdagi har bitta detalga javob berolmasligini ma’lum qildi.