Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daniyaga 20 tonna zaharlangan tuxum yetkazilgani ma'lum bo‘ldi
Daniya hukumati mamlakatga tarkibida fipronil kimyoviy vositasi bo‘lgan 20 tonnaga yaqin tovuq tuxumi yetkazilganini ma'lum qildi. Ushbu vosita kana, bit, burga va boshqa zararli hasharotlarga qarshi qo‘llanadi. Bu modda insonda jigar, buyrak va qalqonsimon bez shikastlanishiga olib kelishi mukin.
Sky News telekanalining ma'lum qilishicha, Buyuk Britaniyada bunday zaharlangan tuxumlar oziq-ovqat sanoatida qo‘llangan, ya'ni ular turli oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor taomlar tarkibida sotuvga tushgan.
Bu orada Niderlandiya prokuraturasi «zaharli tuxumlar” ishi bo‘yicha 2 nafar gumonlanuvchini hibsga oldi. Gumonlanuvchilar fipronilni hasharotlarga qarshi qo‘llagan ChickFriend kompaniyasi rahbarlaridir. Kimyoviy vositani Belgiya hududida faoliyat yuritgan firma ishlab chiqargan.
Mavzuga oid
17:08 / 02.02.2026
Grenlandiyaning tub aholisi kimlar va u qanday qilib Daniyaga tegishli bo‘lib qolgan? AQSh nega bu orolga qiziqmoqda?
13:56 / 21.01.2026
Tramp tahdidlari fonida Daniya Grenlandiyaga yana qo‘shimcha askar jo‘natdi
10:26 / 20.01.2026
Daniya va Grenlandiya Arktikada NATO missiyasini tuzishni taklif qildi
16:30 / 19.01.2026