Daniya hukumati mamlakatga tarkibida fipronil kimyoviy vositasi bölgan 20 tonnaga yaqin tovuq tuxumi yetkazilganini ma'lum qildi. Uşbu vosita kana, bit, burga va boşqa zararli haşarotlarga qarşi qöllanadi. Bu modda insonda jigar, buyrak va qalqonsimon bez şikastlanişiga olib kelişi mukin.

Sky News telekanalining ma'lum qilişiça, Buyuk Britaniyada bunday zaharlangan tuxumlar oziq-ovqat sanoatida qöllangan, ya'ni ular turli oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor taomlar tarkibida sotuvga tuşgan.

Bu orada Niderlandiya prokuraturasi «zaharli tuxumlar” işi böyiça 2 nafar gumonlanuvçini hibsga oldi. Gumonlanuvçilar fipronilni haşarotlarga qarşi qöllagan ChickFriend kompaniyasi rahbarlaridir. Kimyoviy vositani Belgiya hududida faoliyat yuritgan firma işlab çiqargan.