Jamiyat | 21:07 / 11.08.2017
6006
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada chiqindi tashuvchi mashina ichida odamlar bo‘lgan avtomobilni bosib qoldi

Foto: Reuters

Germaniya janubida chiqindi tashuvchi mashina ichida 5 kishi bo‘lgan yengil avtomobilni bosib qoldi. Ma'lum qilinishicha, oqibatda yengil mashina ichidagi barcha odamlar halok bo‘lganlar.

Politsiyaning ma'lum qilishicha, katta tezlikda harakatlanayotgan chiqindi mashinasi burilish oldidan tezligini pasaytira olmay, shundoq yengil mashina ustiga ag‘darilib tushgan.

Fojianing sababi sifatida yuk mashinasining texnik nosozligi ham qaralmoqda.

Ta'kidlanishicha, voqea oqibatida yana 2 kishi yengil jarohat olgan. Ular shifoxonaga yetkazilganlar.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid