O‘zbekiston | 19:12 / 11.08.2017
5889
1 daqiqa o‘qiladi

Madaniyat vazirligining yangi rahbari Misr elchisi bilan uchrashdi

Joriy yilning 10 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev va Misr Arab Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Amani al-Itr o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Misr Arab Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Amani al-Itr O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri B.Sayfullayevni lavozimga tayinganligi bilan tabriklab, kelgusi ishlariga omad tiladi.
  
Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston va Misr o‘rtasida madaniyat sohasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildilar.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid