Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Obama katta siyosatga qaytadi
AQSh sobiq prezidenti Barak Obama kuzda katta siyosatga qaytadi. Bu haqda The Hill Obamaning yordamchilaridan biriga asosan xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Obama demokratlar safiga qaytadi. Shu tariqa, u Demokratik partiyada qoladi, biroq uning asosiy yetakchilaridan biriga aylanmaydi.
Sobiq prezidentga yaqin bo‘lgan maslahatchilarning aytishicha, Obama o‘z partiyasini tiklashga yordam beradi, ammo uning asosiy ishi "sahna ortida" bo‘ladi.
Xususan, Obama partiya uchun mablag‘lar yig‘ishni boshlashi mumkin. Shuningdek, nashrning ta'kidlashicha, u so‘nggi oylarda Demokratik partiya hayotida ancha katta o‘rin tutgan, biroq bu keng jamoatchilikdan sir saqlangan.
Avvalroq OAV Obama AQSh prezidenti lavozimiga Massachusetsning sobiq gubernatorini ilgari surayotgani haqida yozgandi.
Mavzuga oid
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026