AQŞning sobiq prezidenti Barak Obama va uning yaqin atrofidagilar Massaçusetsning sobiq gubernatori Deval Patrikni 2020 yilgi saylovlarda AQŞ prezidenti lavozimiga nomzod sifatida ilgari surmoqdalar. Bu haqda Politico naşri xabar bermoqda. 

60 yoşli Patrik 2007 yilda Massaçusets ştatiga boş bölgan ilk afroamerikalik bölgan. Ayni vaqtda u Bain Capital moliya firmasida işlaydi.

Naşr ma'lumotlariga köra, Obama saylovoldi ştabining sobiq strategi Devid Akselrod Patrik bilan bu mavzuda bir neça marotaba gaplaşgan.

Patrik afroamerikalik bölgani sababli uning kampaniyasi Ayova, Nyu-Gempşir va ayniqsa Janubiy Karolinada yaxşi qabul qilinişi rejalaştirilmoqda.

Naşr ma'lumotlariga köra, Obamaning özi ham yuzma-yuz suhbatlarda Patrikka öz nomzodini Demokratlar partiyasidan prezidentlik saylovlariga qöyiş haqida öylab körişni taklif qilgan.

Şuningdek, Obamaning sobiq maslahatçisi va dösti Valeri Jarrett saylovlarga Patrik nomzodi qöyilişini juda ham istaşini aytgan.