Jahon | 09:53 / 12.08.2017
4151
2 daqiqa o‘qiladi

Peru prezidenti Maduroni iste'fo berishga chaqirdi

Foto: AFP

Peru prezidenti Pedro Pablo Kuchinski Venesuela prezidenti Nikolas Maduro o‘z lavozimini tark etishi kerak, deya bayonot berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda. 

Maduroga aytar so‘zingiz bormi, degan savolga javob berar ekan, Kuchinski: "Ket!" degan so‘zni aytgan. U, shuningdek, qashshoqlik va kuchayib borayotgan inflyatsiya tufayliqo‘shni mamlakatlarda boshpana topayotgan venesuelaliklarga qayg‘urishini bildirgan.

"U diktator va u kongressdan qutilish uchun saylovlar o‘tkazib,davlat to‘ntarishini amalga oshirdi", — deya Kuchinski so‘zlarini keltiradi agentlik.

Avvalroq, Peru TIV Venesuela elchisini "demokratik tartibni qo‘porgani uchun" mamlakatdan chiqarib yuborgan edi.

Venesueladagi vaziyat prezident Nikolas Maduro tashabbusi bilan ta'sis majlisini chaqirilganidan so‘ng keskinlashdi. Muxolifat ta'sis majlisiga o‘tkazilgan saylovlarni tan olmayapti. Ularga ko‘ra, bu saylovga referendum orqali ruxsat berilishi kerak. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid