Jamiyat | 01:07 / 12.08.2017
11616
1 daqiqa o‘qiladi

Shveytsariyada bir necha hafta issiq havodan keyin qor yog‘di

11 avgustda Shveytsariyada bir necha hafta davom etgan anomal issiq havodan keyin qalin qor yog‘di.

Ma'lum qilinishicha, 10 va 11 avgust kuni mamlakatda kuchli yomg‘ir kuzatilgan va u so‘ngra qorga aylangan.

Alp tog‘larining bir qismi ham qor bilan qoplangan.

Ob-havo mutaxassislarining prognoziga ko‘ra, yaqin orada harorat yana ko‘tariladi va mamlakatning janubiy hududlarida keyingi haftada 30 gradus issiq bo‘lishi kutilmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid