Jahon | 10:06 / 12.08.2017
4954
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Venesuelaga nisbatan harbiy amaliyotni istisno etmadi

AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, Vashington Venesuelaga nisbatan “harbiy variantni” istisno qilmayapti. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

“Biz Venesuelaga nisbatan ko‘plab harakatlar variantini ko‘rib chiqmoqdamiz. Bundan tashqari, men harbiy variantni ham istisno etmayman”, - dedi u.

Trampning qo‘shimcha qilishicha, AQShda “butun dunyo bo‘ylab” qo‘shinlar bor.

“Venesuela juda uzoq joyda emas. Hamda u yerdagi kishilar aziyat chekmoqda. Va hayotdan ko‘z yumayapti. Bizda Venesuelaga nisbatan ko‘plab variantlar bor, jumladan harbiy ham”, - deya xulosa qilgan davlat rahbari.

Avvalroq Maduro AQSh bilan munosabatlarni tiklashga tayyorligini ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid