Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning Rossiya diplomatlariga qarshi yangi choralari ma'lum bo‘ldi
Foto: TASS
Vashington rossiyalik diplomatlarning harakatlarini yanada chegaralashi va notifikatsiya jarayonini qat'iylashtirishi mumkin. Bu haqda "Izvestiya" gazetasi diplomatik manbalariga asoslangan holda yozmoqda.
Nashrga ko‘ra, bu Moskvaning diplomatik xodimlar soni va diplomatik mulkka nisbatan qo‘llagan choralariga javob tariqasida qo‘llanilishi mumkin.
Rasmiy Vashington, Rossiya elchixonasi xodimlari va texnik ishchilarining harakatlanish perimetrini hozirgi 25 mil (40 km) radiusdan 10-15 mil (16-24 km) radiusgacha qisqartirishi mumkin. Shu bilan birga, Rossiya elchixonasi xodimlari hukumat tomonidan belgilangan me'yorlardan uzoqdagi hududlarga chiqadigan bo‘lsa, 3 kun avval davlat departamentini ogohlantirishlari talab etiladi.
Ayni vaqtda bu cheklov 25 milni tashkil etadi. U prezident Barak Obama vaqtida joriy qilingan edi. Bu me'yorlar elchixonaning o‘rta va kichik qatlamiga nisbatan joriy etilgan. U maslahatchilar va yuqori lavozimli diplomatlarga tatbiq etilmaydi.
Mavzuga oid
12:24
Rossiya aviakompaniyalari Kubaga parvozlarni vaqtincha to‘xtatdi
11:14
Estoniya razvedka xizmati: Rossiya 2026 yilda NATOga hujum qilmaydi
11:06
AQSh–Eron o‘rtasidagi keskinlik sabab neft narxlari oshyapti
21:42 / 11.02.2026