Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» Ronalduga qo‘llangan diskvalifikatsiya bo‘yicha apellyatsiya beradi
«Real» klubi o‘z hujumchisi Krishtianu Ronalduning 5 o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi yuzasidan apellyatsiya beradi. Bu haqda AS xabar tarqatdi.
Ispaniya qirolligi futbol federatsiyasi (RFEF) madridliklar jamoasining Ispaniya Superkubogi uchun «Barselona»ga qarshi kechgan va 3:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan uchrashuv vaqtida bosh hakam Rikardo Bengoecheani turtib yuborgani uchun Ronalduga jazo tayinlagandi.
RFEF futbolchining bu harakatlarini agressiv deya baholab, uni qizil kartochka uchun 1 o‘yinga, hakamni turtgani uchun 4 o‘yinga diskvalifikatsiya qilgandi.
Agar bu jazo o‘z kuchida qoldirilsa, Ronaldu «Barselona»ga qarshi Superkubok javob o‘yinini, shuningdek Ispaniya chempionati startidagi «Deportivo», «Valensiya», «Levante» va «Real Sosedad» jamoalariga qarshi bahslarni o‘tkazib yuboradi.
Mavzuga oid
10:56
JCh kundaligi. Ronaldu yana yig‘ladi, AQSh 4 ta gol o‘tkazdi
16:59 / 06.07.2026
JCh anonsi. Yamal Ronalduga, AQSh butun dunyoga qarshi
00:53 / 06.07.2026
Ronaldu JCh-2026 faoliyatidagi so‘nggi jahon chempionati ekanini aytdi
12:17 / 03.07.2026