Sport | 09:30 / 14.08.2017
22247
2 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu golini Messi kabi nishonladi

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya Superkubogi 1-uchrashuvida «Barselona» darvozasiga kiritgan golini nishonlashda kataloniyaliklar hujumchisi Lionel Messi harakatini takrorladi. «Kamp Nou»da o‘tgan uchrashuv «qaymoqranglilar»ning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

2-bo‘limda zaxiradan o‘yingga tushgan Ronaldu 80-daqiqada «Real»ning ikkinchi golini urdi va futbolkasini yechib, orqa tomonidagi familiyasini stadiondagi muxlislarga ko‘rsatdi. Messi Ispaniyaning yakunlangan chempionatining 33-turida «Santyago Bernabeu»da «Real»ga urgan golini shunday nishonlagandi.

Ta'kidlash joizki, Ronaldu futbolkasini yechgani uchun birinchi sariq kartochkani «ishlab olgan», 2 daqiqa o‘tib esa simulyatsiya uchun yana bitta sariq kartochka olib, maydondan chiqarib yuborilgan. Endi futbolchi Superkubokning «Santyago Bernabeu»da 16 avgust kuni o‘tadigan javob uchrashuvida maydonga tushmaydi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid