Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Iroqqa T-90 tanklarini yetkazib berishni boshlaydi
Rossiya Iroqqa tez orada T-90 tanklarini yetkazib berishni boshlaydi. Bu haqda Rossiyaning Bag‘doddagi elchisi Maksim Maksimov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».
«Tez orada avval imzolangan shartnomaga muvofiq Iroqqa T-90 tanklarini yetkazib berish boshlanadi», - deya ta'kidlab o‘tdi u.
Bundan tashqari, elchining so‘zlariga ko‘ra, harbiy-texnik hamkorlikning boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha ham muzokaralar davom etmoqda.
Shuningdek, Maksimovning qayd etishicha, harbiy maqsaddagi mahsulotlarni yetkazib berishdan tashqari, Rossiya Iroqqa mahalliy harbiy kadrlarga ta'lim berish va rus texnikasiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ko‘mak bermoqda.
Mavzuga oid
17:41
Qirg‘iziston Rossiyaning benzin eksportini taqiqlashi ortidan O‘zbekistondan yoqilg‘i so‘radi
11:55
O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarida Rossiyaning ulushi pasayishda davom etmoqda
11:21
CSIS: Rossiya har oy 30 mingdan ortiq harbiydan ayrilmoqda
11:20 / 01.07.2026