Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yunusobod tumanining sobiq hokimi Olmaliq shahriga hokim bo‘ldi
Mira'zam Mirqosimov Toshkent viloyatining Olmaliq shahri hokimi etib tayinlandi. U bundan avval Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi Uy-joy fondini texnik holatini monitoring qilish va XUJMShlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i, Yunusobod tumani hokimi sifatida ishlagan. Yangi lavozim tayinlovi haqida viloyat hokimligi saytida ma'lumot berildi.

Eslatib o‘tamiz, Mirqosimov 25 mart kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumani hokimi lavozimidan ozod etilgandi.
12 avgust kuni esa Olmaliq shahrida o‘z vazifalarini bajarishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklari uchun shahar hokimi, prokurori, ichki ishlar idorasi rahbari va soliq inspeksiyasi boshlig‘i ishdan olingani xabar berildi.
Mavzuga oid
09:04 / 23.03.2026
Olmaliqdagi 3-mis boyitish fabrikasi dunyodagi yirik korxonalar qatoridan joy oldi
14:34 / 16.03.2026
Olmaliqda 3-mis boyitish fabrikasining birinchi navbati ishga tushirildi
10:22 / 14.03.2026
Yunusobodda yangi qurilayotgan turar joy binosida yong‘in sodir bo‘ldi
10:20 / 24.02.2026