25 mart kuni Toşkent şahrining Yunusobod tumani hokimi Mira'zam Mirqosimov lavozimidan ozod etilgan. Bungaça hokimning birinçi örinbosari sifatida işlab kelgan Sardor Qosimov ayni vaqtda hokim vazifasini bajaruvçi sifatida faoliyat körsatmoqda.

Hozirça bu haqida rasman xabar berilmagan. Şahar hokimiyatidagi manba «Kun.uz»ga bu ma'lumotlarni tasdiqladi, lekin bu borada batafsil izoh bermadi.

Qayd etiş kerakki, bu özgariş mamlakat prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 25 mart kuni Yunusobod tumanidagi Yangi şahar va Boğişamol köçalarini tutaştiruvçi yangi köprik bilan tanişiş maqsadida uşbu tumanga uyuştirgan taşrifi bilan bir kunda röy bergan.

Şavkat Mirziyoyev şu kuni Yunusobod tumanidagi Uvaysiy nomidagi mahallada bölib, bu yerda fuqarolar yiğini xodimlari, profilaktika inspektori va aholi uçun yaratilgan qulay şaroitlar bilan tanişgandi.