Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bill Geyts 2000 yildan beri eng yirik xayriyani amalga oshirdi
Foto: AP
Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts 2000 yildan beri eng yirik xayriyani amalga oshirdi, deb xabar bermoqda Bloomberg qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha federal komissiya ma'lumotlariga asosan.
Ta'kidlanishicha, xayriya qilingan pullar miqdori 4,6 milliard dollarni tashkil etgan. Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, amerikalik milliarder o‘z kompaniyasi aksiyalarining qariyb 5 foizini 6 iyun kuni xayriya qilgan.
Shu bilan birga, xayriya mablag‘larini kim olgani noma'lum.
Aniqlik kiritilishicha, tadbirkor asosiy xayriyalarini rafiqasi Melinda bilan birgalikda tashkil etgan jamg‘arma hisob raqamlariga o‘tkazadi.
Avvalroq Bill Geyts Instagram’da ro‘yxatdan o‘tib, ilk suratini Tanzaniyadan e'lon qilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
17:24 / 05.02.2026
Bill Geytsning sobiq rafiqasi uni Epshteyn fayllari bilan bog‘liq «savollarga javob berish»ga chaqirdi
19:54 / 10.12.2025
Ash-Shar’adan Bill Geyts, Klintongacha: Doha forumi qanday o‘tdi?
07:45 / 17.11.2025
Bill Geyts: sun’iy intellekt atrofida «dotkomga o‘xshash pufak» yuzaga kelgan
10:36 / 25.08.2025