Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nepalda suv toshqinlari natijasida qurbonlar soni 91 nafarga yetdi
Nepalda to‘xtovsiz yomg‘ir yog‘ishi natijasida yuz bergan suv toshqinlari va ko‘chkilarda halok bo‘lganlar soni 91 nafarga yetdi, deb xabar berdi Nepal ichki ishlar vazirligi.
Avvalroq 66 kishi halok bo‘lgani habar qilingandi.
Nepal ichki ishlar vazirligining The Kathmandu Post nashrida keltirilgan so‘nggi ma'lumotlariga ko‘ra, suv toshqinlari oqibatida 91 kishi halok bo‘lgan, 25 kishi jarohatlangan va 35 kishi bedarak yo‘qolgan. 3 mingga yaqin turar joy uylari butunlay vayron bo‘lgan, ijtimoiy qiymatga ega 3,8 mingta obekt jabr ko‘rgan.
Qutqarish-tiklash ishlarida 27 000 odam, jumladan huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari hamda harbiylar ishtirok etmoqda.
Kuchli yomg‘irlar 11 avgustda Nepalning bir qancha tumanlarida boshlangan edi. Meteorologlar haftaning dushanba-seshanba kunlaridan havo yaxshilanishini aytmoqdalar.
Mavzuga oid
09:40 / 15.06.2026
O‘zbekistonning 9 viloyatida sel-suv toshqinlari xavfi e’lon qilindi
20:10 / 07.06.2026
6 kun Everestda yolg‘iz: yo‘qolgan alpinist mo‘jiza tufayli tirik qoldi va o‘zi pastga tushib keldi
09:30 / 15.05.2026
Bahor salqin va seryog‘in keldi. Nahotki urush sabab?
22:02 / 06.05.2026