Jahon | 00:04 / 15.08.2017
23540
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya mudofaa vazirligi Suriyadagi desant operatsiyasi videosini namoyish qildi

Rossiya mudofaa vazirligi Suriyadagi al-Kder aholi punktining IShID terrorchilaridan ozod etilishi kadrlarini namoyish qildi.

Kadrlarda Rossiya vertolyotlarining Suriya reaktiv artilleriyasi o‘t ochishini to‘g‘rilab turishi va o‘zi ham jangarilar pozitsiyasi va texnikasini o‘qqa tutayotganini ko‘rish mumkin. 

Operatsiya 12 avgustga o‘tar kechasi Raqqa viloyatida, Dayr az-Zo‘r shahridan 120 km uzoqlikda bo‘lib o‘tgan. Suriyalik desantlar general Suxal Hasan boshchiligida jangarilarning shtabi va omborxonalarini, 2 ta tank va 3 ta zirhli texnikasini yo‘q qilishgan.

Mudofaa vazirligida ta'kidlanishicha, “taktik desantning harakati va IShID jangarilariga berilgan zarbalar samaradorligi hukumat harbiylariga Al-Kderni yo‘qotishlarsiz qo‘lga kiritishga imkon bergan”. Ushbu harbiy operatsiya natijasida hukumat nazoratiga 60 kv km hudud, 3 ta aholi punkti va  2 ta neft koni o‘tgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid