Jamiyat | 12:08 / 15.08.2017
6161
2 daqiqa o‘qiladi

SSPning biznesni tekshirishda ishtirok etishi sanksiyalar bilan ta'minlanadi

QHTBT portalida Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks va boshqa qonunlarga tuzatishlarni o‘z ichiga olgan qonun loyihasi joylashtirildi, deb yozmoqda Norma.uz.

SSP xodimlariga tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini tekshirishda ishtirok etishga to‘sqinlik qilganlik uchun  fuqarolarga 5 dan 10 EKIHgacha, mansabdor shaxslarga esa 10 dan 30 EKIHgacha ma'muriy jarima joriy qilish taklif etilmoqda.

Bundan tashqari, tadbirkorlik faoliyatiga bevosita yoki bilvosita ta'sir qiladigan masalalar bo‘yicha NHH loyihalarini SSP bilan majburiy ravishda kelishish tartib-taomilini joriy etish taklif qilinayotir. Loyiha mazmuniga mutlaqo yoki uning qismiga qarshi bo‘lgan taqdirda SSP NHHni qabul qiladigan qonunchilik va ijro etish hokimiyati organiga tegishli xulosani kiritadi.
 
“Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi Qonunga tegishli tuzatishlar kiritish ko‘zda tutilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid