Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda yana bir ayol rejissyor Roman Polanskiga ayblov bilan chiqdi
Rejissyor Roman Polanskiga yana ayblov bilan chiqishdi, yana bir ayol hali balog‘atga yetmagan paytida rejissyor uni zo‘rlaganini ma'lum qildi, deb yozmoqda Los Angeles Times.
Ta'kidlanishicha, ayolning ismi Robin. Uning so‘zlariga ko‘ra, Polanski uni 1973 yilda, 16 yoshda bo‘lganida zo‘rlagan.
Ayolning manfaatlarini himoya qilayotgan advokat Gloriya Olredning ma'lum qilishicha, hodisa Janubiy Kaliforniyada yuz bergan. Shu bilan birga, uning qayd etishicha, Robin voqea haqida batafsil ma'lumot berish niyatida emas.
Shuningdek, Robinning aytishicha, zo‘rlash holatini oshkor etmaganiga sabab – otasi rejissyor butun umrga qamoqqa o‘tirishiga sabab bo‘luvchi choralarni ko‘rmasligini istagan.
Uning aniqlik kiritishicha, hodisa haqida boshqa ayol hukumatni Polanskiga nisbatan ochilgan shunga o‘xshash ishni yopishga chaqirganidan so‘ng ma'lum qilishga qaror qilgan.
Ayni damda Roman Polanski 1977 yilda 13 yoshli Samanta Geymerni zo‘rlaganlik ishida ayblanuvchi sanaladi. Hodisa aktyor Jyek Nikolsonning uyida ro‘y bergan. Kinorejissyor o‘z aybini tan oldi, biroq, sud uning tergov bilan kelishuvini bekor qilishidan xavfsirab, Fransiyaga qochib ketdi hamda hozirda Amerika tomonidan qidiruvga berilgan.
Mavzuga oid
10:20
AQSh va Eron yana zarbalar almashdi. Eronda 3 kishi halok bo‘ldi
18:19 / 08.07.2026
AQShda tor xonada bir necha yil saqlangan 16 bola topildi
15:08 / 08.07.2026
Tramp: Eron bilan tuzilgan muvaqqat kelishuv «tugadi»
13:28 / 08.07.2026