Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar uchun doktorantura ochiladi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Fan va texnologiyalar agentligining 7.08.2017 yildagi «Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va safarbarlik tayyorgarligi yo‘nalishidagi ilmiy izlanishlar ustuvor yo‘nalishlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori imzolandi.
Hujjat bilan aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi muammolarni ilmiy asoslarga tayangan holda yechishga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkillashtirish ko‘zda tutilgan. Buning uchun aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi hamda safarbarlik tayyorgarligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarining ustuvor yo‘nalishlari tasdiqlandi. Bundan tashqari, mazkur sohada tayanch doktorantura va doktorantura tashkil etish haqida qaror qabul qilindi.
Ustuvor yo‘nalishlar bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari FVV tizimida amaliyotga tatbiq etiladi.
Shuningdek, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtiruvchi Ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlandi.
Mavzuga oid
17:27 / 29.05.2026
Ayrim doktorantlarning stipendiyasi 1,7 barobarga oshiriladi
10:51 / 20.03.2026
Eng baxtli mamlakatlar ma’lum qilindi
02:09 / 09.03.2026
Tadqiqot: o‘smirlar tobora kamroq uxlamoqda
13:52 / 24.02.2026