Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronalduning diskvalifikatsiyasi qisqartirilishi mumkin
Madridning «Real» klubi tomonidan Krishtianu Ronalduning diskvalifikatsiyasi bo‘yicha bergan apellyatsiyasi qisman qanoatlantirilishi mumkin. Bu haqda Marca xabar tarqatdi.
Chorshanba kuni Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi poytaxtliklar klubi apellyatsiyasini ko‘rib chiqadi. Manba ma'lumotiga ko‘ra, qizil kartochka uchun bir o‘yinlik diskvalifikatsiya bekor qilinishi mumkin, shu bilan birga hakamni turtgani uchun qo‘llangan 4 o‘yinlik diskvalifikatsiya o‘z kuchida qoladi.
Yakshanba oqshomida «Real» Ispaniya Superkubogi uchun «Barselona»ga qarshi o‘yin oxirida qizil kartochka olgandi. U hakamning qaroriga qo‘shilmasdan hakamni turtgandi.
Mavzuga oid
05:08
«Siti» yana yutqazdi, «Real» 6 ta gol urdi. Kun o‘yinlari
12:33 / 15.01.2026
«Real» kubokdan chiqib ketdi, «Arsenal» finalga yaqinlashdi
22:33 / 12.01.2026
«Real» Alonsoni ishdan bo‘shatdi: klasikodagi mag‘lubiyat kechirilmadi
13:35 / 05.01.2026