Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada jurnalist-bot maqolalar yoza boshladi
Janubiy Koreyada sport mavzusida maqolalar yozishni boshlagan jurnalist-bot ishga olindi, deb yozmoqda Yonhap axborot agentligi.
“Yonhap axborot agentligi Angliya premer-ligasi futbol uchrashuvlari haqida yangiliklar chiqarish uchun avtomatlashtirilgan tizimni taqdim qildi”, deb aytilgan xabarda.
Axborot agentligining ta'kidlashicha, Soccerbot deb nom olgan bu dasturiy ta'minot jurnalistlar yozishiga taqlid qiluvchi algoritmga asoslangan. Bot umumiy hisobda uchrashuv yakunlangandan keyin har biri bir yoki ikki soniya ichida yozilgan 380 ta avtomatik tajriba maqolasi chiqardi.
Yonhap’da aytilishicha, 2018 yil fevralda o‘tkaziladigan Olimpiada o‘yinlarini yoritish uchun yana bitta dastur – yeongChang yaratilmoqda. Ma'lum qilinishicha, Soccerbot dasturi Yonhap muxbirlari yozgan so‘z va jumlalardan iborat ma'lumotlar bazasidan foydalanadi.
Bot maqolalarni yozishda uch bosqichni amalga oshiradi: ma'lumotlarni to‘playdi, jumlalarni yozadi hamda imloviy va uslubiy tekshiruv o‘tkazadi. Dastur, shuningdek, noto‘g‘ri ma'lumotni istisno qilish uchun 5 ta turli manbadan ma'lumot yig‘adi.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026