Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» Ispaniya Superkubogi sohibi!
«Real» hamda «Barselona» o‘rtasida kechgan Ispaniya Superkubogining javob o‘yini bo‘lib o‘tdi. «Santyago Bernabeu»da kechgan o‘yin mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvning 4-daqiqasida Asensio uzoq masofadan ter Shtegen darvozasini ishg‘ol qildi. Ikkinchi gol 39-daqiqada Benzema tomonidan kiritildi.
Jamoalar o‘rtasidagi birinchi o‘yin ham 3:1 hisobida madridliklar foydasiga hal bo‘lgandi. Shu tariqa, «Real» Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi.
Ispaniya Superkubogi. Javob o‘yini
Real Madrid – Barselona 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 4 Asensio, 2:0 – 39 Benzema.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kroos (Sebalos, 80), Kovachich (Kazemiro, 62), Asensio (Teo, 75), Modrich, Vaskes, Benzema.
Barselona – ter Stegen, Pike (Nelson Semedu, 50), Umtiti, Alba (Din, 78), Maskerano, Rakitich, Serdji Roberto, Andre Gomesh (Deulofeu, 72), Buskets, Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Suares (89).
Mavzuga oid
11:38 / 17.02.2026
«Barsa» derbida yutqazdi va peshqadamlikni boy berdi
11:47 / 13.02.2026
«Barsa» yirik hisobda yutqazdi, «Arsenal» yana ochko yo‘qotdi
23:19 / 11.02.2026
«Real» UYeFA bilan Superliga bo‘yicha «futbol manfaati uchun» kelishuvga erishdi
12:34 / 04.02.2026