Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bangladeshda bosh vazirga suiqasd qilgan 10 kishi o‘limga hukm qilindi
Bangladesh maxsus tribunali mamlakat bosh vaziri Shayx Hasanga 2000 yilda suiqasd qilingani uchun 10 kishini o‘lim jazosiga mahkum etdi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar qilgan.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, yana 9 nafar shaxs turli qamoq jazolariga mahkum etildi. Xabar qilinishicha, 2000 yilda jinoyatchilar 75 kilogramm keluvchi bombani o‘rnatib, bosh vazir mitinglardan birida nutq so‘zlayotgan vaqtda uning hayotiga suiqasd uyushtirishni rejalashtirishgan. Biroq, portlovchi qurilma politsiya tomonidan marosimdan avval topilgan.
Shayx Hasin Vazid Bangladesh bosh vaziri lavozimini 1996-2001 yillar davomida egallagan. 2009 yilda u bu lavozimga qayta saylandi va ayni damda ham bosh vazir bo‘lib ishlamoqda.
Mavzuga oid
12:58 / 27.06.2026
Malayziyaga sayohatga borgan uch o‘zbekistonlik "aybsiz aybdor" bo‘lib o‘limga hukm qilingandi - sobiq DXX xodimi
18:18 / 24.06.2026
Iordaniyada 9 yil ichida birinchi marta guruhli o‘lim jazosi qo‘llanildi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
08:54 / 03.06.2026