Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
La-liga. «Atletiko» bir kishi kam bo‘lib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Ispaniya chempionati birinchi turidan o‘rin olgan ikki uchrashuv bo‘lib o‘tdi. E'tiborli uchrashuvlardan biri Kataloniyada «Jirona» va «Atletiko» o‘rtasidagi uchrashuvda kuzatildi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida Stuani tomonidan kiritilgan ikki gol mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqandi. Ikkinchi bo‘limda simulyatsiya ishlatgan deb topilgan «Atletiko» yetakchisi Antuan Grizmann qizil kartochka olib maydonni tark etgandi. Ammo bu qaytanga «Atletiko» foydasiga ishladi. 78 va 85-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qilgan Simeone shogirdlari oxir-oqibat mag‘lubiyatdan qutulib qolishning uddasidan chiqdi.
Turning yana bir uchrashuvida «Selta» o‘z uyida «Real Sosedad»ni qabul qilib, so‘nggi daqiqalarda o‘tkazib yuborilgan gollar evaziga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Ispaniya La-ligasi, 1-tur
Jirona – Atletiko 2:2 (2:0)
Gollar: Stuani (22, 25) – Korrea (78), Himenes (85).
Jirona: Iraysos, Alkala, Munesa, Aday (Planas, 71), Espinosa, Portu (Kayode, 84), Garsiya, Granel, Pons, Maffeo, Stuani.
Atletiko: Oblak, Himenes, Lyuka Ernandes, Xuanfran (Korrea, 58), Savich, Koke, Saul, Gabi (Gaytan, 69), Ferreyra Karrasko, Torres (Vetto, 73), Grizmann.
Ogohlantirishlar: Ferreyra Karrasko (28), Stuani (45), Saul (50), Lyuka Ernandes (61), Grizmann (67).
Chetlatish: Grizmann (67).
Selta – Real Sosedad 2:3 (1:1)
Gollar: Gomes (22, 50) – Oyarsabal (33), Xuanmi (80), Villian Joze (88, penalti).
Selta: Alvares, Malo, Kabral, Fontas, Kastro, Vass, Radoya, Xosabed (Lobotka, 76), Aspas, Gomes (Ernandes, 67), Sisto (Yulsager, 86).
Real Sosedad: Ruli, Odriosola, Elustondo, Navas, Rodriges, Priyeto (Agirreche, 82), Ilyarramendi, Surutusa, Kanales (Vela, 57), Villian Joze, Oyarsabal (Xuanmi, 67).
Ogohlantirishlar: Gomes (49), Kastro (80), Malo (86), Ilyarramendi (90).
Mavzuga oid
02:38 / 03.04.2025
Ispaniya kubogi. «Barselona» «Atletiko»ni yarimfinalda qoldirib ketdi. Finalda «El Klasiko» bo‘ladi
14:52 / 10.02.2025
«Atletiko Madrid» O‘zbekiston sayyohlik salohiyatini targ‘ib qilishga ko‘maklashadi
13:58 / 04.01.2024
«Real» qiynaldi, «Jirona» yana iroda ko‘rsatdi. Kun o‘yinlari yakunlari
15:34 / 11.12.2023